Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish-qirovli kunlar: qanday choralar ko‘rilmoqda
16:16 / 2023-01-26

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi va Xatirchi tuman hokimligi hamkorligida tuman hududidagi ko‘p xonadonli uylarni 2022-2023 yillar kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, tumandagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p xonadonli turar joy fondini 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hududlarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar biriktirilgan.

Tumanda jami 72 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, ularning 43 tasi tuman markazida, 29 tasi esa Langar qo‘rg‘onida joylashgan.  

Faoliyat olib borgan 2 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mulkdorlar tomonidan “qoniqarsiz” deb baholanganligi bois ularning faoliyati tugatilib, “Xatirchi Best Kommunal” boshqaruv tashkilotiga aylantirildi.  

Hozirda barcha ko‘p xonadonli uy-joylardagi 946 ta xonadon mulkdorlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq “Mening uyim” billing dasturiga kiritilgan.  

[gallery-10376]

Boshqaruv kompaniyasi tomonidan mulkdorlar o‘rtasida shartnoma tuzilib, sovuq suv, kanalizatsiya, chiqindi, majburiy badal mablag‘larini bir joyga yig‘ish tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Xatirchi Best Kommunal” boshqaruv tashkiloti mablag‘lari hisobidan tuman markazida joylashgan “Damariq” mahallasi hududidagi 3 ta ko‘p xonadonli uylarning fasad va 4 dona kirish yo‘laklari ta’mirlandi.  

Matbuot anjumanida ijtimoiy soha ob’ektlari va aholiga ko‘mir mahsuloti yetkazib berish jarayoni haqida ham ma’lumot berildi. bugungi kunda tuman hududida mavjud umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ob’ektlarga rejalashtirilgan 5 ming 157 tonna o‘rniga ko‘proq ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.  

Shuningdek, tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga kuz-qish mavsumida ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilib, ularga 5 ming 501 tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan edi. Shu kunga qadar, qariyb 3857 tonna ko‘mir tarqatildi. Shu bilan birga ijtimoiy daftarlarga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 362,6 tonna ko‘mir tarqatildi. Ayni paytda ko‘mir omborida 209 tonna zaxira mavjud.  

Matbuot anjumanida tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA