Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
19:19 / 2023-10-06

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi mahallalar infratuzilmasi, ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishdir.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarning asl holatini o‘rganmoqda. Bu esa ularni bartaraf etishda muhim sanaladi.

Xususan, kommunal soha yo‘nalishlari bo‘yicha avariya-ta’mirlash guruhlari tashkil etilib, mutaxassis xodimlar, maxsus avtomashina va mexanizmlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, asbob-anjomlar va tegishli moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlandi.

Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va faoliyat yuritishi uchun 72-222-28-20 ishonch telefonlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilib, aholi murojaat va arizalarni qabul qilish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Respublika ishchi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda boshqaruv tashkilotlarining o‘z mablag‘lari va byudjet mablag‘lari hisobidan hududdagi 164 ta ko‘p qavatli uy-joyni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi 131 ta ko‘p qavatli uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  

Xususan, 133 ta uyning tom qismi, aksariyatining kirish yo‘laklari ta’mirlanib, elektr taqsimlovchi shitlar yangilandi, 30 ga yaqin uyning yerto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, fasad qismlarida ta’mirlash, lampalar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kuz-qish mavsumi davomida jami 62 ming tonnadan ziyod ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 50 ming tonnadan ziyodi yetkazib berildi.

Qishki mavsum oldidan yo‘llarga asfalt va sement-beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borildi. Aholiga qo‘shimcha 132 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, hududda gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 383 ta aholi xonadonidagi gaz anjomlariga texnik xizmatlar ko‘rsatildi, gaz quvurlari tartibga keltirildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida temir-beton tayanchlar va transformator o‘rnatildi hamda elektr tarmoqlari tortildi, ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari bajarildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.  

 

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA