Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi
10:40 / 2022-10-20

Toshkent viloyatida qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 21 oktyabr kuni ommaviy qabul o‘tkaziladi.

Aholi bilan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zbekko‘mir» AJ, O‘zsuvta’minoti» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in nazoratini tashkil etish Bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.  

Ommaviy qabul joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati Angren shahar Kimyogar mahallasi hududida joylashgan Angren erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi ma’muriy binosida bo‘lib o‘tadi.   

O‘zA