English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumi ko‘ngildagidek o‘tadi
11:04 / 2025-01-06

Navoiy viloyati prokuraturasi va “Karmanatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanda mavsumga hozirlik, avariya zaxiralari yaratilganligi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Bugungi kunda Karmana tumanida tabiiy gaz iste’molchilari soni 35 mingdan ziyodroqni tashkil etadi. Qish mavsumini betalafot o‘tishi, tabiiy gazni uzluksiz va maromda yetkazib berilishi yuzasidan tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Bo‘lim xodimlari tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilgan ishlar sifat darajasi nazorat qilib borilmoqda.  

O‘rganishlar jarayonida Xo‘ja Xisrav mahallasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi. Mazkur mahalladan o‘tuvchi yer osti gaz quvurlari yer ustiga chiqarilib, montaj ishlari olib borilyapti.  

– Bu yerda 160 metr yer usti gaz quvurlari tortilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 80 metr gaz quvurlari yer ustiga chiqarildi, – deydi “Karmanatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi Shavkat Rahmonov. – Ushbu ishlar yakuniga yetgach, mahalladagi qirqqa yaqin xonadonda tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanadi. Shuningdek, Narpay mahallasida ham aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimini yanada yaxshilash maqsadida yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi yangisiga almashtirildi.  

Ishchi guruhi tomonidan tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi binosida yaratilgan avariya zaxirasi holati ham o‘rganildi. Bo‘limda gaz bilan bog‘liq turli favqulodda holatlar yuz berganda tezkor choralar ko‘rish uchun ikkita avariya brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ularga 12 ta ishchi-xodim biriktirilgan.  

O‘rganishlar jarayonida tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi xodimlariga mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazishga oid zarur topshiriqlar berildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri