English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumi energetiklar zimmasiga qanday mas’uliyatlarni yuklamoqda?
16:12 / 2026-01-27

Qish mavsumida aholi iste’molchilarini barqaror va uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlash masalasi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sovuq havo sharoitida elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik ta’minotiga bo‘lgan talab keskin oshib, ushbu resurslarning o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishi aholining kundalik turmush tarzi hamda ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydi.

Shu bois, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, infratuzilmani mustahkamlash va energiya ta’minotidagi xavf-xatarlarni bartaraf etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Xo‘sh, 26 yanvar kuni mamlakatimiz energetiklari ishlab chiqarish va ta’minot bo‘yicha qanday ko‘rsatkichlarga erishdi? Bu savolga Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova quyidagicha javob berdi:

– Qish mavsumi energetiklar uchun o‘ziga xos sinov davri hisoblanadi. Zero, qorli va sovuq kunlarda energiya resurslarini ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Qanday og‘ir sharoit bo‘lmasin, ular aholi va iste’molchilar talabini to‘liq qondirish maqsadida fidokorona mehnat qilmoqda.

Shu o‘rinda, soha vakillarining bir kunlik faoliyatiga to‘xtalib o‘tsak.  Kecha, 26 yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 266,5 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika iste’molchilariga 247,6 million kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. 

Tabiiy gaz iste’moli 144,8 million metr kubni tashkil qildi. 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz zaxirasi 700 tonnaga oshib, 7,4 ming tonnaga yetdi.

Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, birja savdolariga jami 11 ming 970 tonna avtobenzin va 15 ming 916 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming 793 tonna benzin va 1 ming 473 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.

Shuningdek, birja savdolariga 1 ming 960 tonna suyultirilgan gaz chiqarilgan va shuncha hajmda sotilgan.

Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 9 ta, gaz ta’minotida esa 1 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizimda 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ish olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA