Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumi betalafot o‘tadi
10:37 / 2025-11-24

Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan Shtab faoliyati viloyat hokimi Botir Zaripov mas’ullar, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minot korxona va tashkilotlari, shuningdek, nazorat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mutasadddilar bilan muloqot qildi.

Viloyatda energetika xavfsizligini ta’minlash, aholi va ijtimoiy soha inshootlari hamda iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, energiya tejamkorligini ta’minlash, viloyat markazidan tortib olis mahalla va qishloqlar, aholi punktlari, hatto, cho‘l ovullarigacha mavsumni talofatsiz o‘tkazish chora-tadbiri ko‘rilmoqda.

Bu borada viloyat prokurori U.Hamdamov, viloyat hokimining o‘rinbosari J.Arashov, viloyat Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ayupovning axborotlari tinglandi.

Viloyatda issiqlik manbai va gaz tarmoqlari, shuningdek, elektr stansiyalarining ishlash rejimi tahlillari asosida, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvini yetkazib berish holatining kuz-qish mavsumiga shayligi, energotejamkorlikni ta’minlash ishlari jarayoni bevosita huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilayotgani aytildi.

– Platformaga muvofiq, tizimda CALL markaz – sun’iy intellekt yordamchi joriy qilindi, – deydi viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Tolib Mirzayev. – Bu bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan CALL markazga kelib tushadigan murojaatlar to‘liq raqamlashtirilgan va sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinib, ro‘yxatdan o‘tgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshiriq sifatida yo‘naltiriladi. Endilikda viloyatdagi barcha ijtimoiy tarmoqlardan sun’iy intellekt orqali kommunal sohadagi muammoli xabarlarni Shtab platformasida tahlil qilib, xabarlar shakllantiriladi va muammoni yechish chorasi ko‘riladi. Shuningdek, sun’iy intellekt mexanizmidan foydalangan holda viloyatdagi tashkilotlarning qozonxonalarida yangi ishlab chiqilgan mikrosxema orqali issiq suv haroratini Shtab platformasida tahlil qilib borish imkoniyati bor. 

Viloyat rahbari tomonidan muhokama qilingan dolzarb masala yuzasidan tegishli korxonalar, xususan, kommunal soha rahbarlari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.