Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish kunlari gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda
08:51 / 2023-11-22

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlar uchun gaz ta’minotini barqarorlashtirish, turli sabablarga ko‘ra uzilishlarning oldini olish hamda odamlarning bu boradagi haqli e’tirozlariga yechim topish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Hududgaz Farg‘ona” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston  tuman filiali tomonidan ayni paytda 10 ming 447 iste’molchiga tabiiy gaz va 34 ming  260 ta xonadonga suyultirilgan gaz  yetkazib beriladi.

Shu kunlarda filial  xodimlari aholini shartnoma asosida gaz ballonlari bilan ta’minlash qatorida sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi muassasalarida isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini qizg‘in sur’atda yakunlamoqda.  

[gallery-14704]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA