Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish betalafot o‘tmoqda
18:47 / 2016-12-20

Sirdaryo viloyatida chorva qishlovini betalafot o‘tkazish maqsadida xo‘jaliklarda 794 ming 700 tonna dag‘al xashak, 6 ming 300 tonnadan ortiq kunjara, sheluxa va omixta yem g‘amlandi.

Sirdaryo viloyatida chorva qishlovini betalafot o‘tkazish maqsadida xo‘jaliklarda 794 ming 700 tonna dag‘al xashak, 6 ming 300 tonnadan ortiq kunjara, sheluxa va omixta yem g‘amlandi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida aholining go‘sht, sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanayotir. 2016-yilning to‘qqiz oyida viloyatda 48 ming 237 tonna go‘sht va 360 ming tonna sut iste’molchilarga yetkazib berildi.

Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa mahsulotlari turini ko‘paytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ayni paytda viloyatdagi fermer xo‘jaliklarida 416 ming 828 bosh qoramol, 298 ming 849 bosh qo‘y hamda 14 ming bosh ot parvarishlanmoqda.

– Mavsumdan to‘q holatda chiqqan qoramol tetik va baquvvat bo‘ladi, sog‘lom nasl beradi, – deydi Boyovut tumanidagi “Haqberdi samarasi” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Rahmonberdiyev. – Xo‘jaligimizda xorijdan keltirilgan 212 bosh zotli qoramol belgilangan o‘lchov asosida oziqlantirilmoqda. Bunday qoramol yozda jaziramaga, qishda qahraton sovuqqa chidamliligi bilan boshqa zotli qoramollardan farq qiladi. Har bir sigirdan kuniga 15 litrdan sut sog‘ib olinmoqda. Qishlovni betalafot o‘tkazish maqsadida 1 ming 500 tonna dag‘al xashak, 32 tonna shrot, kunjara va omixta yem jamg‘arib qo‘yilgan.