Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirq ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
11:58 / 2023-03-13

Fuqaro U.R. Andijon shahar “O‘rikzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 14 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Sh.T.ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, sotib yuborishni ko‘zlagan.

Yer maydonini sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan bu shaxs 40 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa firibgarlik yo‘li bilan yer sotmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs qo‘lga tushdi.  

Fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro Z.E.ga o‘zini broker deb tanishtirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Boyovut tumani hokimligi zaxirasidan 6,7 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligi va chorvachilik uchun “E-auksion”dan yutib berish evaziga 4,5 ming AQSH dollari va 3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departament matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA