Qirovli tong
FOTOREPORTAJ
Xorazmda tong saharda qor kabi oppoq qirov atrofni sokin va jimjit manzaraga burkadi.
Daraxt shoxlari, dalalar va tomlar ustiga ohista qo‘ngan qirov hali quyosh chiqmagan bo‘lsa-da, atrofga o‘ziga xos musaffolik baxsh etdi. Osmonni qoplagan xira bulutlar manzaraga yanada sokin va salqin kayfiyat berdi. Quyosh nurlari berkingan bu tongda qirov o‘zining mayda zarralari bilan tabiatni oppoq libosga burkadi. Jimjitlik hukm surgan ushbu lahzalar Xorazm qishining o‘ziga xos go‘zalligini, uning sokin va muloyim tabiatini yaqqol namoyon etdi.
[gallery-27037]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA