Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi
08:12 / 2022-09-09

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Bukingem saroyi xabar tarqatdi.

Qirolicha soʻnggi oylarda Shotlandiyadagi Balmoral qasriga koʻchib oʻtgan edi. Oxirgi kunlarda uning ahvoli og‘irlashgani va 

shifokorlar nazoratiga olingani xabarlar tarqatilgandi. Qirolichaning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 12 nafar evarasi bor.

 Yelizaveta II 1926 yil 21 aprel kuni tug‘ilgan. U 1952 yilda taxtga o‘tirgan, u 70 yil tojni eng ko‘p vaqt o‘zida saqlab turgan monarx hisoblanadi.

 Qirolicha vafotidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li Uels shahzodasi Charlz Birlashgan Qirollikning yangi monarxi bo‘ldi. 
 73 yoshli Charlz Britaniya taxtiga o‘tirgan eng keksa voris hisoblanadi. U onasi vafotidan keyin Qirol bo‘ldi, mamlakat an’analariga ko‘ra, ungacha taxtga o‘tirolmasdi.