Qirol Charlz birdamlikka chaqirdi
Londonda bundan 20 yil oldin sodir bo‘lgan, “7/7 hujumi” deya nomlangan sana munosabati bilan nutq so‘zlagan Buyuk Britaniya Qiroli Charlz xalqini "mamlakatni bo‘lmoqchi bo‘lganlarga qarshi" birlashishga chaqirdi. Bu haqda BBC yozgan.
2005 yil 7 iyulda poytaxt jamoat transporti tizimida terakt uyushtirilib, 52 kishi halok bo‘lgan, 700 dan ko‘p odam jarohatlangan edi. Yetakchi bunday “bema’ni yovuzlik”ni qoralab, hammani “birdamlik ruhi”ga chorladi. Ushbu portlash “har qanday din va millat vakillari o‘zaro hurmat bilan birga yashashi mumkin bo‘lgan jamiyat qurish” zaruratini yana bir bor yodga solganini ta’kidladi.
London markazidagi xudkushlikda uchta yer osti poyezdi va ikki qavatli avtobus portlagan, tig‘iz payt poytaxtda dahshatli qurbonlar qayd etilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA