Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasi 2021 yilning 5 oyida 27,7 foizga oshgan
Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasi 2021 yil yanvardan to may oyigacha 2,8 milliard dollarni tashkil etdi va 2020 yilning shu davri bilan solishtirganda 27,7 foizga oshgan. “Kabar” axborot agentligining xabar berishicha, Qirg‘iziston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi uyushtirgan matbuot anjumanida ana shu haqda aytib o‘tilgan.
Xabarda keltirilishicha, eksport 4,4 foizga, import 40,5 foizga ortgan.
«Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro savdo ko‘rsatkich joriy yil yanvar-may oylarida avvalgi yilning shu davriga nisbatan 1,3 milliardga ko‘paygan va 34,8 foizni tashkil etgan. Bunda eksport ko‘rsatkichi 75 foizga, import ko‘rsatkichi esa 24 foizga ortgan.
Qirg‘izistonning asosiy savdo sheriklari Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlari, jumladan, Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi.