Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonlik tinchlikparvar kuchlar Qozog‘istonni 14 yanvarda tark etadi
12:51 / 2022-01-13

KXSHTning Qozog‘istondagi tinchlikparvar missiyasida ishtirok etayotgan qirg‘izistonlik harbiy xizmatchilar 14 yanvarda vataniga qaytadi, deb xabar berdi Qirg‘iziston mudofaa vazirligi matbuot xizmati RIA Novostiga.

"Qirg‘iziston qurolli kuchlarining tinchlikparvar harbiy kontingenti Almatidan 14 yanvarda, kunning ikkinchi yarmida vataniga qaytadi", – deb bayonot berdi matbuot xizmati vakili.

KXSHTning Qozog‘istondagi tinchlikparvar missiyasida Qirg‘izistondan 150 nafar harbiy xizmatchi va 19 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Ular Almatida strategik muhim ob’ektlarni qo‘riqlashgani aytilmoqda.