Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonga turk investitsiyasini kiritish uchun barcha sharoitlar yaratiladi
08:57 / 2021-06-11

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov turk tadbirkorlarini Qirg‘izistonda qo‘shma korxonalar ochishga chaqirdi.

“REGNUM” davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lumoti asosida xabar bergan.  

“Bundan buyon qirg‘iz vazirlari investorlar ortidan yuradi, aksinchasi bo‘lmaydi.  

Investorlar – har bir davlat uchun harakatlantiruvchi kuch, buni hamma tushunishi kerak”, dedi u.  

Japarov qirg‘iz hukumati turk kompaniyalari Qirg‘izistonga investitsiya kiritishidan manfaatdor ekanini aytib, Qirg‘iziston turk tadbirkorlari uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari va Xitoy bozoriga “yo‘lak” ochib berishga tayyorligini ma’lum qildi.