Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonga sigareta olib kirish vaqtincha taqiqlanadi
11:31 / 2024-10-08

Qirg‘iz Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi tomonidan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan mamlakat hududiga sigareta olib kirish, ushbu mahsulotni tranzit yoki reeksport qilishni olti oy muddatga taqiqlash taklif qilinmoqda.

“Kazinform” agentligi xabar berishicha, hukumatning ayni mazmundagi tegishli qarori muhokamaga qo‘yilgan.

2023 yil davomida Soliq xizmati tomonidan noqonuniy muomaladan 65 231 quti sigaret musodara qilingan. Chetdan noqonuniy kirib kelgan mahsulot ulushi 17,7 foizni tashkil qilgan. “Oris”, “Mondeo”, “Like” va “Madrid” brendi ostida muhrlangan soxta sigaretalar BAA va Serbiyada ishlab chiqarilgan. Yuqoridagi brendlar texnik reglamentga muvofiq sertifikatlanmagan.

Ekspertlar tadqiqotida Qirg‘iziston tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish bo‘yicha Markaziy Osiyoda asosiy nuqta bo‘lib qolmoqda. So‘nggi 4 yil ichida boj olinmaydigan do‘konlarda sotilishi mo‘ljallangan mahsulotni yetkazib berish hajmi 10 barobardan ko‘proq oshgan. Bojsiz savdo hududi va bojxona omboridagi aylanma 2023 yil 300 million qutiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda qora mol, mayda chorva moli va otni uchinchi davlatga olib chiqish uchun ro‘yxatga olish va ruxsatnoma berish vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingan edi.