English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari miqdori kamaygani qayd etildi
11:13 / 2023-01-11

Qirg‘iziston Milliy banki saytida yangilangan statistik ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 2022 yilning 11 oyi davomida Qirg‘izistonga tezkor pul o‘tkazish tizimlari bo‘yicha 2 milliard 737,8 million AQSH dollar o‘tkazilgan, deb yozmoqda “Kabar” agentligi.

Noyabrda pul oqimi 239, 3 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning avgust oyidan buyon pasayish tendensiyasini namoyish qilmoqda. Mamlakatga 2022 yil iyunda 317,2 million dollar kirib kelgan edi.

11 oydagi jami pul o‘tkazmalari esa 2021 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 9 foizga oshgan. Noyabr oyida Qirg‘izistonga amalga oshirilgan jami pul o‘tkazmalarining 223,8 million dollari Rossiyadan jo‘natilgan bo‘lib, ko‘rsatkich avvalgi oyga nisbatan 18 foizga kam. Uzoq xorijiy mamlakatlardan esa tezkor pul o‘tkazmalari hajmi 12,4 million dollarni tashkil etgan, ya’ni oktyabr oyi bilan taqqoslaganda 4 foizga qisqargan.