Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda yirik korrupsiya ishi bo‘yicha 24 nafar davlat amaldori hibsga olindi
13:25 / 2025-09-26

Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) ma’lumotlariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi va transport vazirliklari mulozimlari, soliq idoralari xodimlari, chegara qo‘shinlari va inspektorlari soxta hujjatlardan foydalangan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeAES) tovarlarini o‘lkaga noqonuniy olib kirishni tashkil qilgan.

Tekshirish punkti orqali har kuni 1000 AQSH dollarigacha pul yig‘ilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, qo‘mita rahbari Tashiyev aybdorlarni ishdan bo‘shatish, mol-mulkini xatlash, idora rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurgan. “Oq-Jol” va “Oq-Tilek” nazorat-o‘tkazish punktlarida ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA