Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda SHHT mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisi boshlandi
11:16 / 2023-10-26

Qirg‘izistonda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi boshlandi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti” agentligi.

Tadbir boshlanishi oldidan delegatsiya rahbarlari ishtirokida qutlov marosimi bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, ular Prezident Sadir Japarov bilan yopiq rejimda uchrashuv o‘tkazgan.

Xabar qilinganidek, bugungi yig‘ilishda hukumat rahbarlari tuzilmaga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish choralari hamda istiqbolini muhokama qiladi.

Bishkekda Yevrosiyo hukumatlararo kengashi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hukumat rahbarlari majlisi ham bo‘lib o‘tadi.