Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda ro‘y bergan avtohalokatda rossiyalik uch nafar chegarachi qurbon bo‘ldi
13:22 / 2022-07-27

Qirg‘izistonning janubida uch nafar Rossiya chegarachilari avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi seshanba kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi RIA Novostiga.

Bosh konsullikning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 26 iyul kuni tunda Hyundai Santa Fe rusumli mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda reklama taxtasiga borib urilgan. Keyinroq yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Bosh boshqarmasi matbuot xizmati avtohalokatda rossiyalik uch nafar chegarachi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

"Halok bo‘lganlar Rossiya Federatsiyasi chegara xizmati harbiy xizmatchilari bo‘lgan", – deyiladi Rossiya bosh konsulligi vakilining RIA Novostiga bergan xabarida.