Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda qurilish materiallari savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi
13:33 / 2024-03-30

Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Qirg‘izistonning “Profil Keydji” MCHJ korxonasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjatga muvofiq, tomonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikda savdo uylarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.  

Ta’kidlash kerakki,  Qirg‘izistonda savdo uyining ochilishi eksportni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu borada targ‘ibotni kuchaytirish, xorijiy hamkorlarni izlab topishga erishish, tijorat aloqalarini yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham shunday savdo maskanlarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA