Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar soni 48 kishiga qisqardi
17:58 / 2020-11-25

23 noyabr holatiga ko‘ra Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga 48 kishi da’vo qilmoqda, deb ma’lum qildi respublika Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Davlat rahbari bo‘lishga da’vogarlik qilish uchun jami 65 kishi Markaziy saylov komissiyasiga ariza bergan, nomzod ko‘rsatish muddati tugagunga qadar ikki kishi arizasini qaytarib olgan.

Shundan keyin turli sabablarga ko‘ra 15 nomzod saylovoldi poygasidan chiqqan.

Markaziy saylov komissiyasining aniqlik kiritishicha, nomzodlarning uch nafariga sudlanganlik muddati yopilmagani uchun hujjati qaytarib berilgan.

Shuningdek, davlat tilini bilishi bo‘yicha «Kirg‘iztest» sertifikatini ololmagan yana to‘qqiz nomzod saylovoldi poygasidan chetlatilgan. Yana uch kishi o‘z arizasini qaytarib olgan. Shunday qilib ayni paytda 48 nomzod qolgan.

MSKdan xabar berilishicha, kuni kecha muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik va uni o‘tkazish uchun xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Mazkur siyosiy tadbirni o‘tkazish uchun qariyb 137,3 million som sarflanadigan bo‘ldi.

Saylov 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zA