Qirg‘iz Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Sadir Japarovning iltimosnomasiga ko‘ra, Konstitutsiyaning prezidentlik vakolat muddatiga oid moddalariga rasmiy izoh berdi, deb xabar bermoqda “Kazinform” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha,bir marta boshlangan prezidentlik muddati dastlab belgilangan olti yillik muddat ichida yakunlanishi kerak. Bundan tashqari, amaldagi prezidentning olti yillik muddati ikki muddatlik boshqaruvga ko‘ra birinchi muddat hisoblanadi. Muddatidan oldin prezident saylovini o‘tkazish davlat rahbarining o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqishi, belgilangan tartibda lavozimdan chetlashtirilishi, kasallik yoki o‘lim tufayli o‘z vakolatlarini amalga oshira olmasligi tufayli amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, muddatidan oldin prezidentlik saylovlari “ssenariysi” huquqiy jihatdan istisno qilingan.
Qirg‘iz Respublikasida navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027-yilning 24-yanvarida bo‘lib o‘tadi, deyiladi sud qarorida.
G.Sattorova, O‘zA