Qirg‘izistonda Prezident nazorati ostida Tergov qo‘mitasi tuziladi
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzurida maxsus Tergov qo‘mitasi tashkil etiladi. Bu haqda davlat rahbari Sadir Japarovning o‘zi e’lon qildi.
Mazkur qaror amaldagi tizim bilan bog‘liq ehtimoliy adolatsizliklarni yo‘qotishga qaratilgan.
- Barcha tergov turlari shu qo‘mita tarkibiga o‘tkaziladi, - dedi yetakchi yangilikka izoh berarkan. - Bosh prokuratura va Harbiy prokuratura qonun ustuvorligini nazorat qiluvchi idoralarga aylanadi.
S.Rahimov, O‘zA