Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda o‘z ishini yuksak darajada uddalagan vazirlar uy-joy bilan ta’minlanadi
09:52 / 2021-07-23

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan “Vazirlar mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida vazirlarga dahlsizlik huquqi berilib, ular davlat tomonidan tekin uy bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi, deyiladi REGNUM xabarida.

Parlament yig‘ilishidagi muhokamada ayrim deputatlar bunga qarshi bo‘lgan.  

Deputat Qanibek Imanaliyev bu byudjetda ko‘zda tutilmagani va xalq e’tiroziga sabab bo‘lishini aytgan.  

O‘z navbatida, vitse-spiker Aida Qasimaliyeva faqat o‘z ishini yuksak darajada uddalagan vazirlarga dahlsizlik huquqi berilib, uy-joy bilan ta’minlanishini ma’lum qilgan.