Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda O‘RVI va gripp bilan kasallanish ortmoqda
19:46 / 2026-01-19

Qirg‘izistonda joriy yil 12-18 yanvar kunlari oralig‘ida 15 869 odam o‘tkir respirator virusli infeksiya (ORVI) yuqishi va gripp bilan kasallandi. Bu haqda 24.kg nashri mamlakat Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamentiga tayanib xabar berdi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi hafta bilan solishtirganda xastalanish darajasi 28,8 foiz oshgan.

Qayd etilishicha, bemorlarning 76,7 foizini 14 yoshgacha bolalar tashkil etadi. 17,4 foiz, ya’ni taxminan 2 700 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

D.Hakimov, O‘zA