Qirg‘izistonda Mustaqillik kuni
Bugun Qirg‘izistonda asosiy davlat bayrami – Mustaqillik kuni nishonlanmoqda.
1991 yil shu kuni ittifoqdosh respublikalar orasida birinchilardan bo‘lib mamlakat Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi “Qirg‘iziston Respublikasining Davlat mustaqilligi deklaratsiyasi” to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Mazkur tarixiy hujjatga ko‘ra, Qirg‘iston Respublikasi mustaqil, suveren, demokratik davlat, deb e’lon qilingan.
“Davlat mustaqilligi deklaratsiyasi” qabul qilinishi Qirg‘iziston Respublikasining yangi tarixini boshlab berdi.
1993 yil 5 may kuni Qirg‘izistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
O‘zA