Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda MDH va YeOII davlatlari birinchi yoshlar forumi boshlandi
19:07 / 2022-08-25

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi doirasida MDH va YeOII davlatlarining «Kelechek» («Kelajak») birinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi xabar berdi.

Anjumanda 500 dan ziyod delegat - YeOII va MDH mamlakatlari yosh tadbirkorlari, davlat xizmatchilari, diplomatlari hamda talabalari ishtirok etmoqda.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov mazkur yirik tadbir barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha zamonaviy vazifalarni hal etishda MDH va YeOII davlatlari yosh biznes vakillari hamda ishbilarmon doiralari hamkorligining chinakam samarali mexanizmiga aylanishiga ishonch bildirdi.

«Forum Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlar yoshlari integratsiyasi jarayonida “burilish dastagi” bo‘lishiga umid qilaman», - deya ta’kidladi A.Japarov.

Yoshlarning YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari, YeIK Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuvi forumning asosiy voqeasi bo‘ladi.

G.Abdullayeva, O‘zA