English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
16:40 / 2025-12-25

Chuy viloyatining Kemin tumanida mamlakatdagi birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “Kazinform” axborot agentligi.   

Ta’kidlanishicha, 100 megavatt quvvatga ega stansiya taxminan 210 millionkVt/soat toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi va karbonat angidrid chiqindilarini 120 ming tonnaga kamaytiradi

Investitsiyalar jami 56 million dollarni tashkil etdi va bu loyihani quyosh energiyasiga kiritilgan eng yirik sarmoyalardan biriga aylantirdi.     

Stansiyani ishga tushirish marosimida Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov qayta tiklanuvchi energiya manbalarini faol rivojlantirmasdan turib, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni barqaror elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlash mumkin emasligini ta’kidladi.

G.Sattorova, O‘zA