Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston yaqinda o‘z avtosanoatiga ega bo‘ladi
10:00 / 2023-04-21

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida avtomobil va tijorat texnikalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishda hamkorlik qilish bo‘yicha Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Bishkek bilan Toshkent o‘rtasida oliy darajada erishilgan mazkur shartnoma Chuy viloyatida avtozavod  qurilishini  ko‘zda tutadi. Bu Qirg‘iziston uchun mashinalar yig‘iladigan ilk yakuniy konveyer bo‘ladi.

Loyihada ko‘zda tutilganidek, zavod qurilishi 3–4 oyni tashkil etadi. Ya’ni, yoz o‘rtalarida avtomobil ishlab chiqarish boshlanishi, yil oxiriga kelib esa bir necha yuzta mashina konveyerdan chiqishi kerak.

19 ta model ishlab chiqarilishi tasdiqlangan, birinchisi, Cobalt sedani bo‘ladi.

Loyiha bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, zavod ishga tushirilgandan keyin uch yil ichida 10 mingta avtomobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda, keyingi bosqichlarda ularning soni keskin oshiriladi. Korxona to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, 30 mingta avtomobil konveyerdan chiqadi.

Zavodda ikki ming kishi ish bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.