Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston yana Suriyadan ayollar va bolalarni qaytardi
12:32 / 2023-08-30

Qirg‘iz Respublikasi hukumati maxsus aviareys bilan respublika fuqarolari – 95 nafar ayol va bolani Suriyadan Vatanga qaytardi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazrligi matbuot xizmati xabar berdi.

– Davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga binoan, 2023 yil 30 avgust kuni Suriyadan maxsus bort bilan Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan 31 ayol va 64 bola olib kelindi, – deyiladi tegishli bayonotda.  

– Mazkur ikkinchi bosqich repatriatsiyasi “tashqi siyosat, milliy xavfsizlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot sohalari, shuningdek, huquqni himoya qilish idoralari hamjihatligi” samarasidir.  

Respublika tashqi siyosat idorasi “tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatgani, logistika jihatidan qo‘llab-quvvvatlagani uchun” AQSH hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi va Qizil xoch xalqaro qo‘mitasiga minnatdorlik bildirdi.  

Shuningdek, Qirg‘iziston delegatsiyasi Suriya shimoli-sharqidagi aholi ehtiyoji uchun dori-darmon va boshqa turdagi gumanitar yordam yetkazib berdi.  

Joriy yil fevral oyida Suriyadan 18 ayol va 41 nafar bola Bishkekka olib kelingan edi.  

 

O‘zA