Qirg‘iziston va Turkiya ikki mamlakat chegarasini ID-kartalari orqali kesib o‘tish va vizasiz rejim muddatini uzaytirish masalasini muhokama qildi
Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 12 mart kuni Antaliyada Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kozoqboyev bilan Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar Turkiyaga kelgan qirg‘izistonliklarning huquqini himoya qilish bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qilgan.
Qozoqboyevning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining chet mamlakatlarda huquqini himoyalash respublika Vazirlar Mahkamasi uchun ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.

«Bundan tashqari, vazirlar Qirg‘iziston tomoni taklif etgan ikki davlat chegarasini fuqarolarning ichki pasporti (ID-karta) bilan kesib o‘tish va vizasiz rejim muddatini uzaytirish masalalarini ham muhokama qildi», – deyiladi xabarda.