Qirg‘iziston va Tojikiston yana 17 kilometrlik chegara bo‘yicha kelishuvga erishdi
1-8 noyabr kunlari Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bo‘ston shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati delegatsiyasi topografika ishchi guruhining navbatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasiga bag‘ishlandi.
Tojikiston hukumati matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar qolgan uchastkalarni ham qog‘ozga tushirish ishlarini davom ettirishga kelishib olgan. Ishchi guruhning navbatdagi uchrashuvi Qirg‘izistonda o‘tadi.
Ikki mamlakat davlat chegarasi 970 kilometrdan uzunroq. Hozirgacha ushbu masofaning uchdan ikki qismi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Avvalroq Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov Bishkek va Dushanbe chegara demarkatsiyasi va delimitatsiyasi jarayonini yaqin orada yakunlashiga umid bildirgan edi.