Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston va Tojikiston umumiy chegaralarda vaziyatni keskinlashtirmaslikka kelishib oldi
12:39 / 2022-12-28

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati raisi (DMXQ) Ularbek Sharsheyev mamlakatning Laylak tumanida Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Raxmonali bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlatning umumiy chegaralarida mojaro kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati tarqatgan xabarda.

"Muzokaralar yakuni bo‘yicha quyidagi qarorlar qabul qilindi: 2023 yilda ham qo‘shma komissiya ishini davom ettirish, tomonlarning prokuraturalari ikki respublika fuqarolarining mulklarini qaytarib berish bo‘yicha ishlarni tezlashtirishni, davlat chegaralarida munosabatlarni keskinlashtiruvchi harakatlarning oldini olish", - deyiladi xabarda.  

Qirg‘iziston – Tojikiston chegaralarida bahsli uchastkalar  mavjudligi bois chegaraga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan ikki davlat aholisi  va harbiy xizmatchilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan mojarolar yuz berib kelmoqda. Bahslar ba’zan qurolli qarama-qarshiliklarga ham sabab bo‘lmoqda. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan ana shunday to‘qnashuvlar natijasida 60 nafar qirg‘izistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Dushanbe va Bishkek umumiy chegaralarni demarkatsiyalash va delimitatsiyalashni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 900 kilometrdan ziyod masofani tashkil etadi.