French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston va Germaniya siyosiy maslahatlashuv o‘tkazdi
11:18 / 2023-11-12

Kuni kecha Berlin shahrida Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi hamkorimiz “Kabar” axborot agentligi.

Qardoshlarimiz delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldogaziyev boshchilik qildi. Muloqotda ko‘hna qit’a davlati nomidan tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha komissari Matias Luttenberg boshchiligidagi vakillar ishtirok etdi.

Siyosiy maslahatlashuv kun tartibidan Qirg‘iziston – Germaniya sherikligi –  siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlik, mintaqaviy va dolzarb xalqaro masalalar muhokamasi o‘rin oldi.

Aybek Moldogaziyev demokratik va huquqiy davlatni yanada mustahkamlash maqsadida Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. O‘zaro tashriflar almashish, turli tadbirlar tashkil etish orqali yuqori  darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Matias Luttenberg Qirg‘iziston va Germaniya hamkorligi muvaffaqiyatli davom etayotganidan mamnunligini urg‘ulab, kelgusida jarayonni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Siyosiy maslahatlashuv chog‘ida Qirg‘iziston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Tomonlar Qirg‘iziston – Germaniya tashqi ishlar vazirliklari aro navbatdagi maslahatlashuvni 2024 yil Bishkek shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.