Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston Tojikiston chegarasida 18 kishi qurbon bo‘lgan
11:46 / 2022-09-16

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaradagi mojaroda Qirg‘iziston tomonidan qurbonlar soni 18 nafarga yetgan.

"18 nafar jabrlanuvchi Botken viloyati shifoxonasiga yotqizildi. Tashxislar haqida keyinroq ma’lumot beriladi", – dedi boshqarma vakili.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yirik to‘qnashuvlar juma kuni ertalab boshlangan. Qirg‘iziston chegara agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tojik tomoni chegaraning butun perimetri bo‘ylab qirg‘izlarning pozitsiyalariga hujum qilgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston chegara otryadi harbiylari kelishuvni buzgan holda, Tojikistonning “Dushanbe” chegara postini og‘ir qurollardan foydalangan holda o‘qqa tutganini ma’lum qildi.