Qirg‘iziston TIV rahbari Tojikistonga boradi
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan , Qirg‘iziston tashqi siyosat boshqarmasi boshlig‘i Jeenbek Kulubayev 4-5 fevral kunlari Tojikistonda bo‘ladi.
Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi TIV matbuot xizmatiga tayanib, “Kabar” ma’lumot berdi.
Rasmiy tashrif doirasida o‘zaro munosabat kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi, oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar rejalashtiriladi.