English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston TIV Moskvaga nota yo‘lladi
22:55 / 2025-04-14

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga respublika fuqarolarining Moskvada hibsga olinishi bo‘yicha izoh so‘rab, nota topshirdi. Bu haqda qardosh davlat tashqi siyosat idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

– Rossiya tomoniga huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan amaliyot, shuningdek fuqarolarga nisbatan kuch qo‘llash asosi to‘g‘risida ma’lumot berish, agar kuch ishlatish noqonuniy bo‘lsa, hodisa yuzasidan Moskva shahri huquq-tartibot idoralari vakillariga nisbatan tegishli chora ko‘rish talabi bilan rasmiy nota berildi, – deyilgan bayonotda.

Hujjatda Qirg‘iziston fuqarolari huquqini himoya qilish, ikki mamlakat munosabatiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday holatlar takrorlanmasligi choralarini ko‘rish shartligi ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, 11 aprel kuni Moskvadagi “Bodrost” hammomida Qirg‘iz Respublikasi fuqarolari qo‘lga olingan. Keyinroq Qirg‘iziston Mehnat vazirligi aniqlik kiritishicha, jami ushlangan 24 kishidan 20 nafari keyin qo‘yib yuborilgan, to‘rt kishi esa Rossiyadan deportatsiya qilingan.