Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston sobiq prezidenti barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi
18:30 / 2025-12-29

Qirg‘iz Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Tegishli farmon bugun o‘lkaning amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov tomonidan imzolangan.

Ta’kidlanishicha, Japarov Bishkek shahri Birinchi may tuman sudining 3 iyundagi hukmini ijro etish maqsadida ushbu hujjatni imzolagan

Unga ko‘ra, A.Atambayev mamlakatning eng oliy mukofoti – “Qirg‘iziston Qahramoni” unvoni, II darajali “Manas” va “Danaker” ordenlari, shuningdek, “Dank” medali mukofotidan mahrum etilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlariga ularni keyinchalik davlat mukofotlari fondiga topshirish uchun olib qo‘yish topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Atambayev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2020 yilda u kriminal shaxs Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish ishi bo‘yicha 11 yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2023 yilda sobiq davlat yetakchisi koloniyadan ozod qilindi va davolanish uchun chet elga ketishga ruxsat berildi. Hozir u xorijda.

Joriy yilning 3 iyun kuni Bishkekning Birinchi may tuman sudi yurtni tark etgan Almazbek Atambayevni sirtdan 11 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Sobiq prezident korrupsiya, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, shuningdek, Qo‘ytosh qishlog‘idagi yer maydonlarini noqonuniy qo‘lga kiritishda aybdor deb topilgan.

O‘.Alimov, O‘zA