Parlament boshqaruvi shakli uchun 10,76 foiz ovoz to‘plandi.
Qirg‘iziston Respublikasida umumxalq referendumi davomida Bishkek vaqti bilan soat 20.55 gacha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tishini ma’qullab jarayonda ishtirok etgan fuqarolarning 81,20 foizi ovoz berdi. Bu haqda QR Markaziy saylov komissiyasi saytida ma’lum qilingan.
Parlament boshqaruvi shakli uchun 10,76 foiz ovoz to‘plandi. Har ikkala tanlovga qarshi chiqqanlar esa 4, 04 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida, ma’lum bo‘lishicha, jami ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning 34.29 foizi o‘z tanlovini bildirgan.
Qayd etish joiz, bu galgi saylov va referendumda ma’lumotlar onlayn tartibda ovozlarni avtomatik ravishda sanaydigan qutilarga tushadi. Ushbu ma’lumotlar hozircha dastlabki tahlil , natijasi hisoblanadi. Raqamlar o‘zgarib turibdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga tayanib, referendum rasman bo‘lib o‘tdi, deyish mumkin”, dedi QR MSK raisi Nurjan Shayldabekova matbuot anjumanida.
Shu bilan birga, u yakuniy natijalar faqat barcha ovozlar sanab bo‘lingandan keyin, shikoyat va murojaatlar ko‘rib chiqilgach, e’lon qilinishini ham ta’kidlagan.
O‘zA