Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston parlamenti spikeri vazirga rus tilida ma’ruza qilishni taqiqladi
14:57 / 2022-12-15

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda tabiiy zaxiralar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Dinara Kutmanovaga oliy qonunchilik organida bo‘lib o‘tgan majlisda rus tilida ma’ruza o‘qishini taqiqladi. Rus tili mamlakatda rasmiy maqomga ega, deb yozmoqda TASS agentligi muxbiri.

Vazir so‘zga chiqishi oldidan uning ma’ruzasi rasmiy tilda tayyorlangani haqida ma’lum qilganidan keyin Shakiyev "hamma uchun tartib mavjud: qirg‘iz tilida ma’ruza qilinadi", - degan.  

Spikerdan tanbeh eshitganidan keyin Kutmanova mamlakatdagi ekologik ahvolga bag‘ishlangan ma’ruzasini qirg‘iz tilida davom ettirgan.  

Qirg‘izistonda parlament ishida deputatlar va parlamentga taklif etilgan shaxslar qirg‘iz yoki rus tilida chiqish qilish huquqiga ega, deb qonunda belgilab qo‘yilgan.  

Noyabr oyida ham Shakiyev umumrespublika qurultoyida hukumatni poytaxtdagi nomi ruscha bo‘lgan to‘rtta tumanni qirg‘izchaga o‘zgartirishga chaqirgan edi.    

Qirg‘iz tili mamlakatda davlat tili hisoblanadi, rus tili esa rasmiy til maqomiga ega bo‘lib, Qirg‘iziston konstitutsiyasida ham qayd etilgan.