Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘zgardi
Qamchibek Tashiyev Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari - Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Kabar” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, tegishli farmonni prezident Sadir Japarov imzolagan.
Q.Tashiyev 2020 yil 16 oktyabrda o‘sha paytda Qirg‘iz Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi S.Japarovning farmoni bilan ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Xabarga ko‘ra, uning o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
1970 yilda tug‘ilgan general-mayor Jumgalbek Kumarovich Shabdanbekov bugungi kungacha Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
O‘.Alimov, O‘zA