Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston masofaviy ta’limga o‘tdi
17:11 / 2023-12-13

Qirg‘izistonda havo harorati keskin pasayishi tufayli mamlakat ta’lim muassasalari 13-15 dekabr kunlari onlayn tartibni joriy qildi, deb xabar bergan “Kazinform”.

“Qirg‘izgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, ob-havo keskinlashmoqda, yo‘llar qor bilan qoplangan, tez-tez ko‘chki kuzatilmoqda.

O‘sh, Issiqko‘l, Norin, Chuy va Jalolobod viloyatlarida yog‘in ko‘p, Talas va Botkenda kam. Issiqko‘l va Norin viloyatlarining ayrim hududlarida g‘arbiy shamol tezligi 15-20 m/s gacha ko‘tariyapti.