English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston Konstitutsiyasi ilk bor qirg‘iz tilida yoziladigan bo‘ldi
18:40 / 2020-12-01

Qirg‘iziston Konstitutsiyasi qirg‘iz tilida yoziladi. Bu haqda Konstitutsiya kengashi a’zosi, Qirg‘iziston Respublikasining Buyuk Britaniya Birlashgan qirolligidagi elchisi Edil Baysalov Bishkekda jurnalistlar uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Konstitutsiya kengashi 2010 yildan buyon amal qilib kelinayotgan Konstitutsiya asosida faoliyat yuritmoqda. “Biz uchun, ayniqsa e’tibor qiladigan jihati, Asosiy qonun ona tilimizda, ya’ni qirg‘iz tilida yozilishidir. Bu juda muhim. Chunki avvalgi Konstitutsiya rus tilida yozilib qirg‘iz tiliga tarjima qilingan edi. Shu bois turlicha talqinlar, mos kelmaslik holatlari yuzaga kelgandi. Endi har bir so‘z sinchiklab muhokama qilinadi va tanlanadi. Bu katta siljish», – dedi Baysalov.

Baysalovning ta’kidlashicha, qanday Konstitutsiya bo‘yicha yashashni xalqning yakuniy qarori hal qiladi.

O‘zA