Qirg‘iziston ayrim toifadagi xorijliklar uchun bir haftalik viza beradi
Qirg‘iziston Hindiston va Xitoyning ayrim toifadagi fuqarolari uchun yetti kunlik vizasiz tartibni joriy qildi
Mamlakat tashqi siyosat idorasidan ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Republikasi Vazirlar Mahkamasi viza siyosatini yanada liberallashtirish maqsadida tegishli qarorni e’lon qilgan. Hujjatga muvofiq, Hindiston va Xitoyning AQSH, Buyuk Britaniya va Shengen hududiga kiruvchi davlatlarga ko‘p martalik vizasi bor fuqarolari Qirg‘izistonda yetti kungacha vizasiz yura oladi.
Makao va Gonkongda doimiy yashaydigan shaxslar Qirg‘izistonda bir oy davomida vizasiz yurishi mumkin, faqat ularning yonida qaytib ketish uchun chiptasi bo‘lishi lozim.
- Ayni choralar sayyohlik oqimini rag‘batlantirish hamda Qirg‘izistonning investitsiyaviy va ishbilarmonlik jozibadorligini oshirishga qaratilgan, - ta’kidlanadi TIV xabarida.