Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iz voleybolchilari Markaziy Osiyo chempioni bo‘lgan uchrashuvdan fotoreportaj
21:40 / 2024-10-24

Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston jamoalari bir hafta davomida chempionlik uchun bahslar olib bordilar.

[gallery-19969]

Bugun final bahsida voleybolchi yigitlarimiz qirg‘iz sportchilariga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuv mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi: O‘zbekiston – Qirg‘iziston 0-3. 3-o‘rin uchun Turkmaniston va Afg‘oniston voleybolchilari bellashdi. Uchrashuv turkmanistonlik voleybolchilar foydasiga (3-0) hal bo‘lgani bois, bronza medali ularga nasib etdi.

Bellashuvlar nihoyasiga yetgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston jamoalari tashkiliy qo‘mita tomonidan ta’sis etilgan kubok, medal va diplom bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo chempionatidagi bahslarda faollik ko‘rsatgan turli nominatsiya g‘oliblari ham taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA