Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iz Respublikasi UNESCO Ijroiya kengashiga a’zo bo‘ldi
17:40 / 2025-11-11

Samarqandda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Qirg‘iz Respublikasi 2025–2029 yillarga tuzilma Ijroiya kengashi a’zoligiga saylandi.

Ijroiya kengashi UNESCOning asosiy boshqaruv organi bo‘lib, Bosh konferensiya ishini tayyorlash, uning qarorlarini amalga oshirish hamda tashkilotning strategik va dasturiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun mas’uldir. Kengash to‘rt yilga saylanadigan 58 a’zo davlatdan iborat.

Ijroiya kengashiga a’zolik UNESCO faoliyatining strategik yo‘nalishlarini shakllantirishda faol ishtirok etish, Markaziy Osiyo mintaqasining ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, UNESCO Bosh konferensiyasi Qirg‘iz Respublikasi tashabbusi bilan 22 sentyabrni “Xalqaro ko‘chmanchilar merosi kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

G.Sattorova, O‘zA