Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iz deputati tarixiy obidalarni buzganlarni javobgarlikka tortishni taklif etdi
14:15 / 2025-12-24

Qirg‘iziston parlamenti – Jogorku Keneshi majlisida deputat Gulya Kojokulova Bishkek shahridagi tarixiy-madaniy ob’ektlarning buzilishi yuzasidan mas’ullarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘tardi.

– Bu holat uchun kim javob beradi? –dedi u. – Kontitutsiyamizda tarixiy yodgorliklarni yo‘q qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston madaniyat vaziri Mirbek Mambetaliyev davlatga yetkazilgan zarar hozirda tahlil qilinayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkekda 1956 yilda qurilgan tarixiy favvora hamda madaniyat yodgorliklari reyestriga kiritilgan “Xalqlar do‘stligi” mozaika binosi buzib tashlangan edi.

D.Hakimov, O‘zA