Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirgʻizistonlik yigitning halolligi moskvalik qizning koʻziga yosh keltirdi
19:56 / 2018-11-19

Moskvada istiqomat qiluvchi Varya Borsova oʻzining karmonini qaytarish uchun qirgʻizistonlik taksi haydovchisini sakkiz soat kutgani haqida hikoya qildi.

Moskvada istiqomat qiluvchi Varya Borsova oʻzining karmonini qaytarish uchun qirgʻizistonlik taksi haydovchisini sakkiz soat kutgani haqida hikoya qildi.

Qiz oʻzining Facebookdagi sahifasida ertalabki soat beshda qirgʻizistonlik taksichi aeroportdan uyga olib kelib qoʻyganini yozdi. Uning soʻzlariga qaraganda, soat 13.00da uyqudan uygʻonganida, hujjat, pul va kredit kartlarini taksida unutib qoldirganini payqab qolgan. Shoshib qolgan qiz taksi xizmatiga qoʻngʻiroq qilgan va hatto rus mafiyasi hujjatlarini oʻgʻirlab, hisob kartlaridagi pullariga Sochida kayf-safo qilayotgan boʻlishi mumkin, degan xayollarga borgan.

“Men bank kartalarimni bloklash va yoʻqolgan hujjatlarimni tiklashdek ovorai sarsonlik jarayoniga tayyorgarlik koʻra boshlaganimda otam derazadan koʻcha tomon qarar ekan: “Pastda taksi oldida turgan yigit balki sening haydovchingdir?”, dedi. Men koʻchaga yugurib tushdim va haqiqatan ham u meni 8 soat avval uyga olib kelgan qirgʻizistonlik taksi haydovchisi edi. U meni pastda kutib turgan va bu binoda yashaydigan har bir insondan meni soʻrab-surishtirgan”, – deydi Borsova.

“Qayerda edingiz? Shunchalik ham uxlaydimi odam? Bu yerda men muzlab qoldim”, – dedi yigit. Men yigʻlab yubordim. U ham yigʻladi. Men uni bagʻrimga bosdim. Bu insonning halolligiga tan berish kerak. Mana odamlar qanday boʻlishi kerak!”, – deya qoʻshimcha qiladi Moskvada yashovchi qiz.

Varya Borsova yigitning ism-sharifini soʻrashni unutganini taʼkidlaydi. Qiz qirgʻizistonlikka minnatdorlik bildirdi hamda yigitning kutgan va mijozlarini yoʻqotgan vaqti uchun tovon sifatida besh barobar koʻp miqdorda haq toʻlagan. Keyinroq qiz Facebookdagi postiga yozgan izohida taksichi yigitning ism-sharifi Qayrat Tentimishev ekanligini maʼlum qildi.

Qirgʻiziston OAVdagi izohlarida qiz bir vaqtlar Bishkekda boʻlganini va mamlakatni yaqindan bilish uchun yana uzoq muddatga borish niyatida ekanligini bildirdi.