Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda olti nafar sobiq amaldorga ayblov qo‘yildi
15:10 / 2019-04-16

Qirg‘izistonda Tarix muzeyini rekonstruksiya qilish chog‘idagi korrupsiya ishi bo‘yicha olti nafar sobiq amaldorga ayblov qo‘yildi.


Qirg‘izistonda Tarix muzeyini rekonstruksiya qilish chog‘idagi korrupsiya ishi bo‘yicha olti nafar sobiq amaldorga ayblov qo‘yildi.

Bu haqda JKning konstitutsion qonunchilik, sud-huquq masalalari va reglament qo‘mitasining majlisida deputat Almambet Shikmamatovning savoliga javob bergan bosh prokuror Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, muzey va Cho‘lpon ota shahridagi otchopar rekonstruksiyasi chog‘idagi korrupsiya ishlari birlashtirildi va eski Jinoyat kodeksining 303-moddasi bo‘yicha bir qator amaldorlar javobgarlikka tortilmoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, bu ish bo‘yicha noqonuniy harakatlar tufayli ko‘rilgan zarar 247 million som (3,5 million dollardan ortiq)ni tashkil qiladi.

Parlamentdagi “Ata Meken” fraksiyasi 2018 yilning mayida sayyor majlis vaqtida bayonot berib, mablag‘lar maqsadsiz ishlatilganini ma’lum qilgan edi. Muxolifatdagi deputatlarning bayonotiga qaraganda, ta’mirlash qimmatga baholangan, pudratchilar noqonuniy tanlangan. Shundan so‘ng, MXDQ Tarix muzeyi ta’mirlanishiga sarflangan xarajatlarni tekshira boshladi, uning natijalariga ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘z navbatida davlat idoralari muzey rekonstruksiyasi xalqaro standartlarga mos olib borilganini va san’atni pul bilan o‘lchab bo‘lmasligi borasida bayonot berdi.